Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-10-28
Röznoma — öqigan, körgan va örgangan narsalaringiz uçun şaxsiy daftar. Bu yerda qaysi ma’lumotlaringiz saqlanişi, ularni kim körişi va qanday öçirişingiz mumkinligi oddiy tilda yozilgan.
Nima saqlanadi
Hisobingiz: ism, familiya, foydalanuvçi nomi (username) va rasm. Google orqali kirsangiz — email manzilingiz ham; Telegram orqali kirsangiz — Telegram ID raqamingiz.
Siz yaratgan narsalar: kitoblar röyxati va öqiş holati, taqrizlar, qaydlar, iqtiboslar, savol-kartoçkalar, maqsadlar, töplamlar, AI suhbatlari va yuklagan fayllaringiz.
Botga yoki «Adminga yoziş» orqali yuborgan xabarlaringiz.
Nima uçun
Faqat sayt sizga xizmat qilişi uçun: kutubxonangizni körsatiş, yozganlaringizni saqlaş, qidiruv, statistika, AI yordamçi va audiokitob. Reklama yöq, ma’lumotlaringiz sotilmaydi va heç kimga berilmaydi.
Kim köra oladi
Qaydlar, taqrizlar, iqtiboslar, kartoçkalar va fayllaringiz faqat sizga körinadi. Katta fayllar şifrlangan holda saqlanadi.
Siz yuklagan kitob va undan tayyorlangan audiokitob özingiz oçiq qilmaguningizça boşqalarga berilmaydi. Faqat qonuniy nusxalarni yuklang va ularni tarqatmang (Foydalaniş şartlariga qarang).
Yangi hisob profili oçiq: boşqalar ismingiz, rasmingiz, username va «oçiq» deb belgilagan manbalaringizni (nomi, holati, bahosi) köradi va sizni kuzatişi mumkin. Profilni Sozlamalarda yopişingiz mumkin: yopiq profil qidiruvda ism va rasm bilan topiladi, içidagini esa faqat kuzatiş sörovini siz qabul qilgan odamlar köradi. Manba qöşganda har birini oçiq yoki yopiq qilasiz, keyin ham özgartirasiz.
Premium uçun tölov sörovida yozgan summa va izohingiz faqat admin tomonidan tekşiriladi; karta ma’lumotlaringiz saytga kiritilmaydi.
Katalog (kitob, muallif, naşriyot yozuvlari) umumiy: siz qöşgan katalog yozuvini boşqalar ham köradi. Şaxsiy fikrlaringiz katalogga ötmaydi.
AI imkoniyatlaridan foydalanganingizda yozgan savolingiz, tanlagan matn yoki yuborgan faylingiz javob tayyorlaş uçun AI xizmatiga (Google Gemini) yuboriladi. Juda şaxsiy ma’lumotni AI ga yubormang.
«Suhbat» rejimida AI suhbatdoşingiz sizni yaxşiroq tuşuniş uçun qisqa eslatma saqlaydi (qiziqişlaringiz, darajangiz, maqsadlaringiz). U faqat sizga javob berişda işlatiladi va boşqa foydalanuvçilarga körsatilmaydi; sayt administratori xizmat sifatini yaxşilaş uçun körişi mumkin. Hisobingizni öçirsangiz, u ham öçadi.
Öçiriş
Sozlamalar → «Hisobni öçiriş» hisobingizni, barça şaxsiy yozuvlaringiz va fayllaringizni darhol öçiradi. Undan oldin taqriz va kitoblaringizni yuklab olişingiz mumkin.
Boğlaniş
Savol yoki iltimos bölsa: mdnodx@gmail.com. Saytning özida — Takliflar → «Adminga yoziş».