Röznoma

Foydalaniş şartlari

Yangilangan: 2026-10-28

Röznoma’dan foydalanib, quyidagi oddiy şartlarga rozilik bildirasiz.

Xizmat

Sayt bepul va «boriça» taqdim etiladi; imkoniyatlar özgarişi yoki vaqtinça işlamay qolişi mumkin. Muhim yozuvlaringizni yuklab olib turing.

AI kunlik limit bilan işlaydi va xato qilişi mumkin: uning javoblari, savollari va audiokitob ovozini tekşirib foydalaning.

Sizning kontentingiz

Yozganlaringiz sizniki. Faqat qonuniy nusxalarni yuklang: sotib olingan, muallif yoki nashriyot ruxsat bergan yoki erkin tarqatiladigan kitoblar. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan kitobning noqonuniy (ögirlangan) PDF’ini yuklaş taqiqlanadi.

Kitob matni, öquvçi va AI tayyorlagan audiokitob faqat sizning şaxsiy foydalanişingiz uçun. Audiokitobni boşqalarga oçiq qilsangiz, unga huquqingiz borligiga özingiz javob berasiz. Ularni Telegram kanallari, guruhlar yoki boşqa joylarda tarqatiş, sotiş yoki ommaga joylaş mumkin emas. Huquq egasi murojaat qilsa, tegişli fayl va audiokitob öçiriladi, qoidabuzar hisob esa töxtatilishi mumkin.

Katalogga qöşgan yozuvlaringiz (kitob nomi, muallif, naşriyot) umumiy böladi va boşqalar ularni töldirişi mumkin.

Taqiqlanadi

Noqonuniy yoki haqoratli kontent, boşqalarning huquqini buziş, saytni buzişga yoki boşqa hisoblarga kirişga uriniş, spam. Bunday holatda hisob töxtatilişi mumkin.

Boğlaniş

Savollar bölsa: mdnodx@gmail.com.